25 Iyul 2025 yil 646

“Vatanparvarlik kuni” munosabati bilan Sherobod, Jarqo‘rg‘on va Denov tumani IIBlari shaxsiy tarkibi uchun tarixiy obidalarga sayohat tashkil etildi.

Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 400-son buyrug‘iga asosan, ichki ishlar organlarida haftaning har juma kuni “Vatanparvarlik kuni” deb belgilanganligi munosabati bilan, joriy yilning 25-iyul kuni Sherobod tumani IIB shaxsiy tarkibi “Iso at-Termiziy” tarixiy majmuasiga, Jarqo‘rg‘on tumani IIB shaxsiy tarkibi “Minor” tarixiy majmuasiga, Denov tumani IIB shaxsiy tarkibi uchun “Shayx attar-Valiy” ziyoratgohiga sayohat tashkil etildi. Tashkil etilgan sayohat davomida xodimlarga majmua mas’ul xodimlari tomonidan buyuk mutaffakkirlarimizning hayoti va ijodi haqida barcha ma’lumotlar berildi.

Mazkur sayohatlarni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, tizimda xizmat olib borayotgan xodimlarga ma’naviy ozuqa berish bilan birga, ularda vatanga muhabbat, ajdodlarga, tariximzga bo‘lgan faxr tuyg‘ularini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Text to speech