“Vatanparvarlik kuni” doirasida Termiz shahar, Qiziriq va Boysun, tumani IIBlari shaxsiy tarkibi uchun tarixiy qadamjoylarga sayohat tashkil etildi.
O‘tmish va tarix – bu ikki so‘z o‘zining bag‘riga juda katta ma’nolarni mujassam etgan. O‘tmish va tarixsiz kelajakni barpo etish, kelajakka intilish mushkul ekanligini barcha birdek anglaydi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar
organlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 400-son buyrug‘iga asosan, ichki ishlar organlarida haftaning har
juma kuni “Vatanparvarlik kuni” deb belgilanganligi munosabati bilan, joriy yilning
25-iyul kuni Termiz shahar IIB shaxsiy tarkibi “Al Hakim at-Termiziy” tarixiy majmuasiga,
Qiziriq tumani IIB shaxsiy tarkibi “Takiya ota” ziyoratgohiga, Boysun tumani IIB
shaxsiy tarkibi uchun “Bibishirin” ziyoratgohiga sayohat tashkil etildi. Tashkil etilgan sayohat davomida xodimlarga majmua mas’ul xodimlari
tomonidan buyuk mutaffakkirlarimizning hayoti va ijodi haqida barcha ma’lumotlar
berildi.
Mazkur sayohatlarni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, tizimda xizmat olib borayotgan xodimlarga ma’naviy ozuqa berish bilan birga, ularda vatanga muhabbat, ajdodlarga, tariximzga bo‘lgan faxr tuyg‘ularini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.