3 Aprel 2022 yil 385

“Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!” shiori ostida Surxondaryoda konsert dasturi tashkil etildi

Joriy yilning 2 aprel kuni, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi” doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 21 fevral kunidagi 42-sonli Farmoyishi talablari ijrosini ta’minlash maqsadida, Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan san’atkorlar, xonanda va sozandalar hamda badiiy so‘z ustalari ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmatni o‘tash vaqtida vafot etgan xodimlarning oila a’zolari, nogiron bo‘lib qolgan xodimlar hamda faxriylarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida konsert dasturlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Xuddi shunday Konsert dasturlari joriy yilning 2-aprel kuni Surxondaryo viloyatining Denov, Oltinsoy tumanlari hamda Termiz shahrining "San’at saroyi”da tashkil etildi.
O‘tkazilgan konsert dasturida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan elimizning hushovoz san’atkor xonandalari hamda so‘z ustalari tomonidan ijro etilgan kuy qo‘shiqlari, dil tortar navolari-yu, hangomalari konsert dasturiga tashrif buyurgan tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘ldi.
Konsert dasturlari davomida IIV akademik litseyi o‘quvchilari ishtirokida ko‘rgazmali sport chiqishlari, kinologiya ximat itlari jinoyatni fosh etish hamda ichki ishlar organlarining xizmat avtomashinalari, texnikalarining ko‘rgazmalari tashkil etildi.
Konsert dasturi yakunida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Madaniyat saroyi boshlig‘i podpolkovnik U.Tillayev boshchiligidagi san’atkorlar hamda Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari va farzandlari bilan dildan suhbat qurishib, ularga sovg‘a salomlar ulashishdi.
Xalqimizning madaniy va ma’naviy hordiq chiqarishlari uchun o‘tkazilayotgan konsert dasturi davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech