9 May 2025 yil 52

Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi.

9-may — “Xotira va qadrlash kuni” hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan IIV Surxondaryo akademik litseyida “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar xotirlanib, ularning ruhi yodga olindi. Mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarga ham chuqur hurmat bajo keltirildi.

Shuningdek, litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar — urush faxriylariga bag‘ishlangan she’rlar, dramatik sahna ko‘rinishlari hamda milliy ruhda kuylangan qo‘shiqlar barchada  katta taassurot qoldirdi.

Text to speech