Va'daga vafo qilmagan kirakash
Denov tumanida 2021 yilning 21 iyun kuni Denov tumani bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo'limi tomonidan tushgan hujjatlarga ko'ra, shu yilning 15 aprel kuni tumanning "Bobur" mahallasida yashovchi, X.Azizjon o'zining boshqaruvidagi Lasetti rusumli avtomashinasi bilan Angor tumanida yashovchi, Alisher ismli shaxsdan tumanning "bog'i Eram" mahallasida yashovchi, I.Maxmudga 9.370.000 (to'qqiz million uch yuz etmish ming) so'm pullarini olib borib berishni va'da qilib, ushbu pullarni olganligini va o'zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligini bildirgan. 21 iyun kuni X.Azizjonga O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Va'daga vafo qilmagan haydovchi o'zgalarning ishonchiga kirib, ularning moddiy boyliklarni o'zlashtirib ketganligi bo'yicha, endilikda qonun oldida javob berishiga to'g'ri keladi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati