27 Oktyabr 2021 yil 429

Uzunda xonadon o'g'rilari qo'lga olindi

Uzun tumanida 2021 yil 12 oktabr kuni, tumanning "Chaqar" mahallasida yashovchi, Sh.Shavkat tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda akasi Sh.Isroilning uyidan noma'lum shaxslar jami 3.250.000 (uch million ikki yuz ellik ming) so'mlik har xil turdagi elektr buyumlarini va 1 dona tikuv mashinasining motori hamda 1 dona "Samsung" rusumli qo'l telefon apparatini o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu o'g'irlikni, shu mahallada yashovchilar, K.Ikrom va N.Sodiqlar sodir etishganliklari aniqlanib ushlanishgan va ashyoviy dalil olingan. 12 oktabr kuni K.Ikrom va N.Sodiqlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "v,g" va 3-qismi "a" bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech