30 Sentyabr 2021 yil
437
Uzunda telefon o'g'irlagan shaxs qo'lga olindi
Uzun tumanida 2021 yil 19 sentyabr kuni shu tumanda yashovchi, D.Sarvinoz tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 19 sentyabr kuni soat 16.30 larda, savdo do'konidan 2.700.000 (ikki million etti yuz ming) so'mlik "Samsung Galaxy S10" rusumli telefon apparatini noma'lum shaxslar o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini shu tumanda yashovchi, K.Botir sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 20 sentyabr kuni K.Botirga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati