15 Noyabr 2021 yil 391

Uzunda tanishiga og'ir tan jarohati etkazgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi

Uzun tumanida 2021 yil 31 oktabr kuni soat 16:00 larda, tumanning "Obizarang" mahallasida yashovchi, E.Jumanazar (ism shariflar o'zgartirilgan) tumandagi "Qarashiq" mahallasida joylashgan qurilish do'konining yerto'lasida qurilish ishlarini olib borayotgan vaqtida, tanishi Sariosiyo tumani "Chosh" mahallasida yashovchi, X.Ravshan uning oldiga kelib, unga jiyani X.Sohibani yashash uyidan haydab yuborganligi sababli qo'li bilan bosh sohasiga bir marotaba urib, hayoti uchun xavfli og'ir bo'lgan tan jarohati yetkazgan. 1 noyabr kuni X.Ravshanga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech