Uzun tumanidagi Ma’naviyat sektorlarida “Kitobxonlik” va “Zakovat” intelektual o‘yinlari tashkil etildi.
Uzun tumanidagi "Fayzobod" mahallasida joylashgan Madaniyat markazida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-yanvar kunidagi PQ-96-sonli
qarori ijrosi, Ma’naviyat sektori va kitobxonlikni targ‘ib etish yuzasidan, yoshlarda
mantiqiy fikrlash, tanqidiy tahlil va mohirona munozara olib borish qobiliyatlarini
yanada rivojlantirish maqsadida, Uzun tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor
rahbari O.Ergashev tashabbusi bilan tuman Axborot resurs markazi hamkorligida “Zakovat”
intellektual o‘yini musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada 3-sektor hududida joylashgan mahalla yoshlar yetakchilari, hokim
yorldamchilari, mahalla raislari, profilaktika inspektorlari, xotin-qizlar faollari,
uyushmagan yoshlar hamda 27- va 28- umumiy o‘rta ta’lim maktablari a’zolaridan tarkib
topgan jamoalar o‘zaro belashdilar.
Musobaqa yakunida g‘olib jamoalariga tuman IIB boshlig‘i
tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari
topshirildi.