31 May 2022 yil
374
Uzun tumanidagi xonadonga noma’lum shaxs o‘g‘irlikka kirdi
Uzun tumanida 2022 yil 8 may kuni, tumanning “Navro‘z” mahallasida yashovchi, D.Dilnoza (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda yashash uyidan 1.000.000 (bir million) so‘mlik 1 dona, 3 grammlik tillo sirg‘asi va 500 (besh yuz) AQSH dollarini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini, tumanning “Mehnat” mahallasida yashovchi, S.Sarvigul sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 15 may kuni S.Sarvigulga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati