8 Oktyabr 2021 yil 419

Uzun tumanida sodir etilgan o'g'irlik jinoyatlari fosh etildi

Uzun tumanida 2021 yil 29 sentabr kuni, tumanning "Nurafshon" mahallasida yashovchi, O.Olim, tumanning "Madaniy turmush" mahallasida yashovchi, P.Sevinch va tumanning "Fayzobod" mahallasida yashovchi, R.Nargizalar tuman IIBga ariza bilan murojaat qilishib, unda O.Olimni 23 yanvar kunidan 24 yanvar kuniga o'tar kechasi, 1 bosh 1.100.000 (bir million yuz ming) so'mlik qo'yini, P.Sevinchni 28 mart kunidag 29 mart kuniga o'tar kechasi, molxonasidan 1 bosh 3.000.000 (uch million) so'mlik qora molini va R.Nargizani 23 sentabr kunidan 24 sentabr kuniga o'tar kechasi molxonasidan 1 bosh 6.000.000 (olti million) so'mlik qora molini noma'lum shaxslar o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini Denov tumanida yashovchilar, K.Komil, D.Salima, T.Jamol, T.Kamol va Uzun tumanida yashovchi, D.Abrorlar sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan. 30 sentabr kuni K.Komil, D.Salima, T.Jamol, T.Kamol va D.Abrorlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Aziz fuqarolar, o'zingizga tegishli bo'lgan mol-mulk va uy hayvonlaringizni qarovsiz qoldirmasliklaringizni, kuz-qish faslida ushbu turdagi jinoyatlar tez-tez sodir etilishi inobatga olinib, o'zingiz va o'zgalarning mol mulklari qarovsiz qoldirilgan vaziyatlarga duch kelsangiz egasiga ma'lum qilishlaringiz hamda hushyor bo'lishingiz so'raladi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech