16 Sentyabr 2021 yil
444
Uzun tumanida pul o'margan ayol qo'lga olindi
Uzun tumanida 2021 yil 8 sentyabr kuni hisobga olingan, tumanning "Guliston" mahallasida yashovchi, yu.Ziyodaning yashash uyida 2021 yilning 6 sentyabr kunidan 7 sentyabr kuniga o'tar kechasi noma'lum shaxs tomonidan sodir etilgan 2000 (ikki ming) AQSh dollari o'g'irligiga, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni tumanning "Guliston" mahallasida yashovchi, Q.Dildora sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. Ushbu holat yuzasidan 2021 yil 8 sentyabr kuni Uzun tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Q.Dildoraga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati