8 Avgust 2024 yil
280
Uzun tumanida “Probatsiya oyligi” doirasida profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Respublikamizda
hamkor tashkilotlar ishtirokida 2024 yil 23 iyul kunidan 23 avgust kuniga qadar
“Probatsiya oyligi” o‘tkazilmoqda.
Ushbu oylik doirasida
Uzun tumani Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida
ro‘yxatda turgan yoshlar va xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda
Uzun tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Gulboeva
ishtirok etdi.
Xususan, uchrashuvda
yoshlar muammolari tinglanib, ularga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida
tavsiya va maslahatlar berildi.
Shuningdek, tadbirkorlar
bilan hamkorlikda yoshlarning bandligini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar
amalga oshirilishi yuzasidan kelishib olindi.