Uzun tumanida “Probatsiya oyligi” doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari
general-mayor B.T.Abdullaevning 2024 yil 23 iyul kunidagi tegishli ko‘rsatmasiga
asosan joriy yilning 23 iyul kunidan 23 avgust kuniga qadar respublika hududida
keng qamrovli "Probatsiya oyligi" o‘tkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan, Uzun tumani
IIBda "Probatsiya oyligi" munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar davomida
barcha tashkilotlarga Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining "Hamkor" maxsus
profilaktik tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishining mazmun mohiyati
yetkazilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Probatsiya hisobida turuvchi fuqarolarning ish va yashash
joylari shuningdek sud cheklovlariga amal qilishlari bo‘yicha ishlar tashkillashtirildi.