22 Iyun 2024 yil 427

Uzun tumanida Probatsiya hisobida turuvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun, Uzun tuman hokimligi, Ichki ishlar bo‘limi mas’ullari ishtirokida Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad kelgusida qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish, nazorat ostidagi yoshlarni huquqiy ongini oshirish va qonunga itoatkorlik hissini oshirishdan iborat. 

Har qanday inson xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin, muhimi uni o‘z vaqtida anglay bilishi, hayotni yangitdan boshlash, huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik zarur. 

Yig‘ilish yakunida, Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi yoshlarga kitoblar jamlanmasi topshirildi.

Text to speech