Uzun tumanida pnevmatik to'pponcha bilan tahdid qilib, bezorilik qilgan mushtimzo'rlar qo'lga olindi
Sariosiyo tumani "S.Sheroziy" mahallasida yashovchi fuqarolar K. Shavkatjon o'zining jinoiy sheriklari B.Farrux, M.Muhammad va u.Ma'rufjonlar oldindan jinoiy til biriktirib bir guruhga birlashib, bezorilik qilish maqsadida, 2021 yil 5 avgust kuni soat 23:30 larda jamoat joyi hisoblangan uzun tumani "O'zbekiston" mahallasida joylashgan fuqaro A.Aliga tegishli bo'lgan "ming bir kecha" restoraniga borib, o'z xatti-harakatlari bilan ayni vaqtda jamoat tartibini buzayotganligini va jamiyatga nisbatan ochiqdan-ochiq hurmatsizlik qilayotganligini yaqqol anglagani holda, K.Shavkatjon restoran egasi A.Qahramon bilan o'zaro tortishib, o'zi bilan olib yurgan o'qotar quroliga, ya'ni "Makarov" to'pponchasiga o'xshash pnevmatik qurolini namoyish qilgan holda qo'llash bilan tahdid qilib, ushbu quroldan bir necha marotaba osmonga qaratib o'q otib bezorilik jinoyatini qasddan sodir etganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan, tezkor-tergov harakatlari davomida, 1 dona pnevmatik qurol aniqlanib, kelgusida tekshirib ko'rishlik va jinoyat ishiga dalil sifatida qo'shishlik uchun xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olinib, uzun tuman IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan 2021 yil 6 avgust kunida fuqaro K.Shavkatjon va boshqalarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, shu kunning o'zida gumon qilinuvchi K.Shavkatjon O'zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlanib, unga nisbatan "qamoqqa olish tarzida"gi ehtiyot chorasi qo'llanilgan.
Hozirgi kunda, uzun tuman IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati