Uzun tumanida mijoz talashgan shaxslar bezorilik jinoyatini sodir qilishdi
Uzun tumanida 2023 yil 5 yanvar kuni tuman IIB huzuridagi Tergov guruhining xabariga ko‘ra, shu tumanda yashovchilar, R.Shamsiddin (ism shariflar shartli ravishda o‘zgartirilgan), N.Zayniddin, E.Elomon, S.Sharif, S.Sharofiddin, S.Ibodullo va boshqalar bir guruhga birlashib, 5 yanvar kuni soat 11.10 larda, tumanning “O‘zbekiston” mahallasi hududida joylashgan “Avtoshohbekat”da qo‘llariga turli xildagi tosh va tayoqlar olishib, Uzun tumanida yashovchi fuqarolar, K.Kamol, E.Eshmat, K.Kamron, M.Mansur, R.Rustam va B.Bahromlar bilan mijoz talashishi oqibatida o‘zaro janjallashib qolishadi va bir-birlarini duch kelgan joylariga urib tan jarohati yetkazishgan. Holat yuzasidan 5 yanvarb kuni R.Shamsiddin, N.Zayniddin, E.Elomon, S.Sharif, S.Sharofiddin, S.Ibodullo, K.Kamol, R.Rustam va B.Bahromlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati