18 Yanvar 2023 yil 350

Uzun tumanida ijtimoiy tarmoqlar orqali tuhmat qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Uzun tumanida 2022 yil 13 yanvar kuni, tuman IIB huzuridagi Tergov guruhining xabariga ko‘ra, shu tumanda yashovchi, S.Sardor (ism shariflar o‘zgartirilgan) 2022 yil 9 dekabr kuni “Telegramm” “Tik Tok” va “You tube” ijtimoiy tarmoqlari orqali, tanishi A.Matlubani bila turib har xil uydurma va bo‘xton gaplar tarqatib tuhmat qilganligi aniqlangan. 13 yanvar kuni S.Sardorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech