Uzun tumanida "issiqxona qurib berishni va'da" qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Uzun tumanida 2021 yil 4 oktabr kuni, tuman IIB huzuridagi tergov bo'limidan tushgan hujjatlarga ko'ra, 2021 yil mart oyida, Andijon viloyatida yashovchilar, X.Jahongir va X.Sherzodlar Sariosiyo tumaniga kelib, Afg'oniston Islom Respublikasi fuqarosi, hozirda, tumanning "Nurbuloq" mahallasida vaqtincha yashovchi, F.Shafiqullahning ishonchiga kirib, mahallasidan "60 sotix er maydoniga issiqxona qurib beraman!"-deb, 13.000 (o'n uch ming) AQSh dollari olib, o'zlashtirib ketganligi aniqlangan. Bundan tashqari, X.Jahongir va X.Sherzodlar 19 mart kuni, uzun tumani "kichik Jonchekka" mahallasida yashovchi, Ch.Chorini mahallasidan "issiqxona qurib beraman!"-deb, 226.575.000 (ikki yuz yigirma olti million besh yuz etmish besh ming) so'm pulini olganligi, 23 iyun kuni, Afg'oniston Islom Respublikasi fuqarosi, hozirda Uzun tumani "Uzunqishloq" mahallasida vaqtincha yashovchi, F.Mohammadni "issiqxona qurib beraman!-deb, 30.000.000 (o'ttiz million) so'm pulini olganligi aniqlangan. 4 oktyabr kuni X.Jahongir va X.Sherzodlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati