Uzun tumanida xotin-qizlar faollari faoliyatining tanqidiy tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan yig‘ilishda, Surxondaryo
viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor
Xidirova, Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi
boshqarmasi boshlig‘ining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik
O‘raltosh Eshimova, Uzun tuman hokimi o‘rinbosari S.Gulboeva, mahalla faollari,
tuman oqila ayollari, patronaj hamshiralar shuningdek keng jamoatchilik vakillari
ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida, 6 oy davomida
Uzun tumanida xotin-qizlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami bilan olib borilgan
ishlar, oilaviy ajrimlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar
va ularning natijadorligi, faollarning 6 oylik kasbiy yo‘nalishlaridagi muhim samaradorlik
ko‘rsatkichlari hamda ijtimoiy profilaktika sohalarida amalga oshirilgan ishlari
tanqidiy tahlil qilindi.
Yig‘ilish yakunida, 6 oy davomida faoliyati davomida
xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan soha xodimlarining faoliyati tanqid qilinib,
kelgusida bu kabi xato va kamchilliklarga yo‘l qo‘ymasliklari yuzasidan ogohlantirilib,
bu borada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli topshiriqlar
olishdi.