22 Avgust 2022 yil 476

Uzun tumanida firibgarlik jinoyatini sodir qilgan qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi

Uzun tumanida 2020 yil fevral oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, tumanning “Mehnat” mahallasida yashovchi, B.Sobit (ism sharif o‘zgartirilgan) 8 avgust kuni tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib, ushlangan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech