29 May 2022 yil
482
Uzun tumanida “Yosh huquqshunos” ko‘rik tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
Bugungi kunda Mamlakatimizda barkamol avlodni yoshlarni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, yoshlar erishayotgan natijalarni targ‘ib qilish va qo‘llab quvvatlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvar kunidagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-92-son Qaroriga muvofiq, Surxondaryo viloyati IIB va Surxondaryo viloyati Yoshlar ishlari agentligining qo‘shma Qaroriga asosan, joriy yilning 28 may kuni Uzun tumani Ichki ishlar bo‘limi binosida “Yosh huquqshunos” respublika ko‘rik tanlovining Uzun tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
“Yosh huquqshunos” respublika ko‘rik tanlovining nizomiga ko‘ra har bir ishtirokchiga 20 ta ona tili va adabiyot, 20 ta O‘zbekiston tarixi hamda 60 ta huquq fanidan test savollari berildi. Uzun tumanida istiqomat qiib kelayotgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada eng bilimlilari aniqlab olindi.
Unga ko‘ra, “Yosh huquqshunos” respublika ko‘rik tanlovining tuman bosqichida faxrli o‘rinlarni olgan yoshlar viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Musobaqa yakunida, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlarga O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi Uzun tuman bo‘limi hamda tuman Ichki ishlar bo‘limining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.