5 Yanvar 2022 yil
446
Uzun tumanida bezorilik qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi
Uzun tumanida 2021 yil 3 dekabr kuni soat 11:00 larda, tumanning "Chaqar" mahallasida V.Vohid (ism shariflar o'zgartirilgan) tumanning "kichik Jonchekka" mahallasida joylashgan choyxona oldida, shu choyxonada ishchi, shu mahallada yashovchi, U.Umid bilan o'zaro janjallashib turgan vaqtida, shu erda turgan V.Vohidning jiyani tumanning "Yangi hayot" mahallasida yashovchi, A.Asror shu yerda turgan U.Umidni qo'li bilan duch kelgan joylariga urib, tan jarohati etkazgan. 18 dekabr kuni A.Asrorga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "a,b,v" bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati