23 Sentyabr 2021 yil 460

Uzun tumanida bezorilarga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Uzun tumanida 2021 yil 28 avgust kuni soat 21.00 larda, tumanning "Oqostona" mahallasida yashovchilar, I.Ma'ruf, I.Muxtor va D.Ixtiyorlar shu mahallada joylashgan oziq-ovqat do'koni yonida, mahalladoshi, S.Aliga voyaga etmagan L.Ilxomni haqorat qilganligini eslatib, shu masalada o'zaro tortishib, I.Ma'ruf, I.Muxtor va D.Ixtiyorlar tayoq bilan S.Alini urishib, "sog'lig'ining buzilishiga sababchi bo'lgan engil" tan jarohati etkazishgan. 18 sentyabr kuni I.Ma'ruf, I.Muxtor va D.Ixtiyorlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.


Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech