22 May 2023 yil 209

Uzun tumani IIBda “Ma’naviyat oyligi” doirasida ijod ahli bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2023 yil 11 aprel kunidagi hamda  viloyat IIB boshlig‘ining 2023 yil 29 aprel kunidagi tegishli farmoyishlariga asosan 2023 yil 1 may kunidan 31 may kuniga qadar Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi” davomida Uzun tumani IIB xodimlari va tuman ta’lim maktabi o‘quvchilari bilan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid hamda shoir yozuvchi ijodkorlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Dastavval mehmonlarga xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun tuman IIBda tashkil etilgan “Vatanparvarlik burchagi”, “Kutubxona” va Ma’naviyat va ma’rifat xonalari bilan tanishtirildi.

Tashkil etilgan uchrashuvda ijodkorlar o‘zlarining hayot yo‘llari haqida so‘zlab, ijod namunalaridan yig‘ilganlarga misralar keltirib, she’rlaridan baytla o‘qib berishdi.

Uchrashuv qiziqarli va tasurootlarga boy tarzda o‘tdi.

Text to speech