Uzun tumani IIBda “Intizom oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati IIB tomonidan faxriylar kengashining hisobot-saylov yig‘ilishi hamda “Uch avlod” uchrashuvi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi
IIVning 2024 yil 10 may kunidagi tegishli farmoyishiga asosan, joriy yilning 1 iyun
kunidan 30 iyun kuniga qadar ichki ishlar organlarida “Intizom oyligi” deb e’lon
qilinganligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nuroniylarni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi 2022 yil 15 mart kunidagi PQ-167-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida,
joriy yilning 11 iyun kuni, viloyat IIB rahbariyati, viloyat IIB Faxriylar kengashi,
Uzun tumani IIB Faxriylari va tuman IIBda xizmat olib borayotgan xodimlar ishtirokida
Uzun tumani IIB Faxriylar kengashining hisobot-saylov yig‘ilishi va “Uch avlod”
uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish avvalida
boshqarma Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i
o‘rinbosari Husan Nurmatov so‘zga chiqib, bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz,
Ichki ishlar vazirligi hamda viloyat IIB tomonidan Faxriylarga yaratilayotgan shart-sharoitlar
haqida to‘xtalib, bugungi kunda Faxriy xodimlar bilan ishlash tizimi yangi bosqichga
ko‘tarilayotganligini alohida ta’kidlab, ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor
D.A.Nazarmuhamedov tomonidan tizimda xizmat olib borayotgan faxriy ustozlarga yo‘llagan
ko‘rsatmasini o‘qib eshittirib, yig‘ilishga ishtirok etgan faxriy ustozlarning muammo
va takliflarini o‘rganib, mas’ul rahbarlarga ushbu murojaatlarni ijobiy hal etish
bo‘yicha vazifalar yuklash bilan birga, hozirgi kunda Ichki ishlar organlarida
“Intizom oyligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan har bir xodim ushbu oylikda
faol ishtirok etishlari, tuman IIBda xizmat olib borayotgan xodimlarga xizmat intizomiga
qat’iy amal qilishlari haqida topshiriqlar berdi.
Yig‘ilish davomida
Uzun tumani IIB Faxriylar kengashi raisi lavozimiga nomzod ko‘rsatilib, yig‘ilish
qatnashchilari tomonidan nomzod bir ovozdan ma’qullandi.
Shuningdek, ushbu
tadbir davomiyligini “Uch avlod” uchrashuvi tashkil etdi. Uchrashuvda faxriy ustozlar
so‘zga chiqishib, tuman IIBda xizmat olib borayotgan yosh xodimlarga xizmat intizomiga
qat’iy rioya etishlari, fuqarolar bilan hushmuomala bo‘lishlari qolaversa har bir
murojaatga mas’uliyat bilan yondoshib, vaziyatni to‘g‘ri baholagan holda xizmat
olib borishlari yuzasidan maslahatlarini berishdi.
Yig‘ilish so‘ngida, tuman IIBning bir
qator faol faxriylariga viloyat IIB boshlig‘ining Faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari
tantanali ravishda topshirildi.