Uzun tumani IIB shaxsiy tarkibi o‘rtasida o‘q otish musobaqasi o‘tkazildi
Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida Ichki ishlar organlari tizimida joriy yilning 1 avgust kunidan 1 sentabr kuniga qadar “Vatanparvarlik oyligi” deb e’lon qilingan.
Shu munosabat bilan Uzun tumani IIB xodimlari "Vatanparvarlik oyligi" doirasida tuman IIB boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘ronbosari N.Holiqov boshchiligida, Uzun tumanida joylashgan harbiy qism poligonida ofitser harbiy xizmatchilari ishtirokida saf ko‘rigi, saf tayyorgarligi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng 9 mmli PM (Makarov pistoleti)ni to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish, nishonni yo‘q qilish bo‘yicha xodimlar o‘rtasida o‘q otish musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa yakunida, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Ichki ishlar organlari xodimlariga Tuman IIB boshlig‘ining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari va badiiy kitoblar tantanali ravishda topshirildi.
Bundan ko‘zlangan maqsad esa, ichki ishlar organlari xodimlarining quroldan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.