18 Aprel 2024 yil 219

Uzun tumani IIB xodimlariga zamonaviy maxsus texnikalar topshirildi

Kuni kecha Uzun  tuman hokimi Xabibulla Bozorov boshchiligida tuman hududida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari va katta inspektorlarga xizmatda foydalanishlari uchun 1 dona avtobus, 10 dona xizmat skuterlari hamda 2 dona patrul post maskani tantanali ravishda topshirildi.

Ushbu maxsus texnikalar  kelajakda fuqarolar ko‘p to‘planadigan jamoat joylarida, mahallalardagi avtotransportlar harakatlanishi qiyin bo‘ladigan ko‘chalarda, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olishda, jamoat tartibini saqlashdagi ish unumdorligini oshirish uchun xizmat qiladi.

Text to speech