11 Mart 2024 yil 460

"Uzun tumani 3-sektor rahbarining Mini futbol turi bo‘yicha birinchilik kubogi"

Uzun tumani 3-sektor rahbari ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i mayor O.X.Ergashev tashabbusi bilan, sektor hududidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida sporting "Mini futbol" turi bo‘yicha sektor rahbari kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada mahallalardan jamoalar tuzilib g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.

Natijalarga ko‘ra:

3-o‘rinni Nurafshon mahallasi yoshlari, 2-o‘rinni Fayzova mahallasi yoshlari egallagan bo‘lsa, musobaqaning mutloq g‘olibi O‘lanqul mahallasi yoshlari jamoasi 1-o‘rinni egalladi.

Musobaqa g‘oliblariga tuman 3-sektor rahbari tomonidan kubok, diplom, pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech