19 Mart 2024 yil 403

Uzun tuman 3-sektor hududida joylashgan "Fayzobod" mahallasida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida ma’naviy ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Uzun tumani 3-sektor hududida joylashgan "Fayziobod" mahallasida qad roslagan "Madaniyat uyi" da, tuman IIB boshlig‘i mayor  Ergashev Otabek Xasanovich tashabbusi bilan, "Otaliqqa olingan" yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, ma’naviy ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

   Uchrashuvda "Otaliqqa olingan" yoshlar  jumladan, og‘ir toifadagi yoshlar,  uyishmagan yoshlar, texnikum o‘quvchilari,  oliy ta’lim muossasalari talabalari va boshqa toifadagi yoshlar hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.

   Jarayon  davomida har bir yoshning taklif va murojaatlari tinglanib,  ularni qiynayotgan muammolarga quloq tutildi va joyida bartaraf etish chorlari ko‘rildi.Suxbat yakunida faol, izlanuvchan yoshlar kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanishdi.

  Bayramona kayfiyatda bo‘lib o‘tgan tadbirda, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Mahmud Nomozov ishtirok etib, yoshlar bilan dildan suhbat qurdi. So‘ngra o‘zining sara qo‘shiqlar bilan yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat baxsh etdi.

Text to speech