20 Iyun 2020 yil 718

Uzum bog'ida parvarishlangan nasha o'simligi aniqlandi

Denov tumanida 2020 yilning 9 iyun kuni, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning "risq Nasiba" mahallasi hududida o'tkazilgan tadbir davomida, shu mahallada yashovchi X.H.ning yashash uyi va yordamchi xo'jaliklari ko'zdan kechirilganida, uzum bog'i ichida, jami 23 tup "nasha" giyohvandlik o'simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan va tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 18 iyun X.H.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech