13 Iyun 2022 yil 231

O‘ziga ehtiyot bo‘lgan, o‘zgalarni o‘g‘ri tutmaydi

Ehtiyotsizlik buyumlarimizni yo‘qolishiga olib keladi. Sariosiyolik Shaxnoza (ismi o‘zgartirilgan) ham o‘zi ishlaydigan savdo do‘konida "Redmi-9" telefon apparati va uning g‘ilofidagi 520 ming so‘m pullarni o‘g‘irlab ketishganda shunday ehtiyotsizlik qildi.
U darhol IIB ga ariza bilan murojaat qilgandi, o‘g‘irlagan shaxs topildi. U tumanning "Nurbuloq" mahallasida yashovchi U.To‘lqin bo‘lib chiqdi. Shundan so‘ng, U.To‘lqinga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech