13 May 2023 yil 282

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son Qaroriga asosan haftaning har payshanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” etib belgilangan.

Shu munosabat bilan bugun, Sherobod tuman JIB sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, qidiruvda bo‘lgan Muzrabot tumani “Do‘stlik” mahallasida yashovchi fuqaro N.I Sherobod tumani IIB JXX HPB xodimlari profilaktika inspektori N.Xasanov va J.Boltaevlar tomonidan Qizirik tumani hududida yashirinib yurganligi aniqlanib ushlangan. Bundan tashqari, 2022-yil 15-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, JIB Sho‘rchi tuman sudi tomonidan qidiruv e’lon qilingan, ehtiyot chorasi qamoq, Sho‘rchi tumani “Tamaddun” mahallasida yashovchi, fuqaro O.O‘ 2023-yil 11-may kuni Sho‘rchi tumanida yashirinib yurganligi aniqlanib, Sho‘rchi tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori  E.N.Chaqqonov va profilaktika katta inspektori B.X.Barotovlar tomonidan ushlangan.

Text to speech