O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyiga 2023/2024-o‘quv yili uchun o‘qishga kirish istagini bildirib hujjatlarni topshirgan nomzodlarga sinov imtixon jarayonlari davom etmoqda.
Joriy yilning 07 iyun kuni Jarqo‘rg‘on tumanidagi Madaniyat uyida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari Ma’naviy ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shodiyev, IIV Ma’naviy ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti Kasbiy tayyorgarlik mas’ul xodimi, Ichki ishlar vaziligi shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi, IIV Surxondaryo akademik litseyi direktori podpolkovnik B.Bo‘rievlar tomonidan nomzodlarning ota-onalari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbati davomida nomzodlardan keyingi bosqichda o‘z ichiga diktant, jismoniy tayyogarlik va suhbat jarayonlarini qamrab olgan “Maxsus professional tanlov” sinov imtixonlari boshlanishi, sinov imtixonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 767-sonli qaror talablari hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli buyruq talablari asosida o‘tkazilishi haqida to‘liq ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbir yakunida nomzodlarning ota-onalari tomoidan berilgan savollarga batafsil tushuntirishlar va ma’lumotlar berildi.