4 May 2022 yil
479
O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti Surxondaryo filialida o‘quv yig‘ini oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022-yil 16-aprel kunidagi tegishli ko‘rsatmasiga asosan, Ichki ishlar organlaridagi uzluksiz o‘quv-kar’era jarayoni tizimi bo‘yicha xodimlar bilan joriy yilning may oyida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari IIV Malaka oshirish institutining bazasida an’anaviy kunduzgi shaklda, joylardagi filiallarda esa masofaviy ta’lim platformasi orqali “offline” tizimida belgilangan reja-taqsimotga muvofiq tashkil etilishi ko‘rsatilgan.
Unga ko‘ra, tizim xodimlari navbatdagi “kapitan” maxsus unvonini olish hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash o‘quv kurslarida tahsil olishlari va kurs yakunida belgilangan namunadagi sertifikatni qo‘lga kiritishlari lozim bo‘ladi.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 3 may kuni viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar bilan masofaviy, ya’ni “offline” tizimida o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘quv yig‘ini oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi.
O‘quv yig‘ini oldi yo‘riqnomasida o‘quv kurslariga jalb qilingan tinglovchilarga IIV Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv dasturidagi har bir mavzuni to‘liq o‘zlashtirishganidan so‘ng ushbu mavzu bo‘yicha, umumlashgan test savollari, yakuniy nazorat topshiriqlarini bajarib, so‘rovnomalarga batafsil javob berishlari hamda o‘quv yig‘inini muvafaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar berilishi tushuntirildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati