11 Aprel 2023 yil 2138

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining sirtqi ta’lim shakliga oliy, o‘rta-maxsus va o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan xodimlarni 2023-2024 o‘quv yili uchun nomzodlar tanlovini E’LON QILADI:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3413-son va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 01-dekabrdagi 958-son Qarorlariga muvofiq, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining sirtqi ta’lim shakliga, yoshi qirq yoshdan katta bo‘lmagan, shu jumladan qirq yoshdagi ham, ichki ishlar organlarida kamida uch yillik amaliy xizmat stajiga ega harakatda intizomiy jazosi bo‘lmagan, o‘rta, o‘rta-maxsus, kasb-hunar yoki oliy ma’lumotga ega bo‘lgan xodimlar uchun tanlov e’lon qilinadi.

Oliy ma’lumotli xodimlar uchun o‘qish muddati 3 yil bo‘lib, shartnoma (kontrakt) to‘lovi asosida hamda o‘rta va o‘rta-maxsus ma’lumotli xodimlar uchun o‘qish muddati 4 yilni tashkil etadi.

Vazirlik Akademiyasining sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan xodimlar joriy yilning 15-apreldan 15-may kuniga qadar boshqarma MMI va KBTX (Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati)ga murojaat etishlari va qabul tartibi bo‘yicha (95) 818-06-02 uyali aloqa vositasiga qo‘ng‘iroq qilib ma’lumot olishlari mumkin.

SURXONDARYO VILOYATI IIB MMI VA KBTX

Text to speech