18 Noyabr 2022 yil 343

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Termiz shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab “Vatanparvarlik avtokarvoni”ni tashkil etildi.

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan joriy yilning 18 noyabr kuni Mudofaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti bilan hamkorlikda Termiz shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab, “Muqaddasdir vatan bayrog‘i” shiori ostida “Vatanparvarlik avtokarvoni” tashkil etildi. Tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, IIV Xalqaro Aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari harbiy qism askarlari hamda Jamoat xavfsizligi xizmati YHXB, Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi, Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi, xizmat  va jangovar avtomashinalari bilan ishtirok etdi.

Mazkur tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarida Davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat, milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat bo‘lib, tadbirda ishtirok etgan yoshlar qalbida o‘chmas iz qoldirdi.

Text to speech