17 Sentyabr 2022 yil 511

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida, talabalar  Surxondaryoga sayohat qilishdi

2022 yil 28 avgust kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishining Samarqand shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalalari talabalarini “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida respublika hududlari bo‘ylab sayohatlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 81-sonli yig‘ilish bayoni hamda Surxondaryo viloyati Xokimining 2022 yil 30 avgust kunidagi xatiga asosan, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi va viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan 2022 yilning 15-17 sentabr kunlari Samarqand davlat arxitektura institutidan kelgan jami 110 nafar talabalarini “Abu Iso Imom Termiziy”, “Sulton Saodat”, “Qoratepa”, “Fayoztepa”, “Al Hakim At-Termiziy” ziyoratgohi va Arxeologiya muzeyiga sayohatlari uyushtirildi.

Talabalarni turizm namoyish ob’ektlariga sayohat qilishlarida ularning  xavfsizligini ta’minlab kuzatib borish bilan birga, turizm namoyish ob’ektlari haqida tushuntirish ishlari olib borilib, turizm faoliyati aks ettirilgan tarqatma bukletlar talabalarga tarqatildi.

Sayohat davomida, ushbu muqaddas maskandagi muzey eksponatlari hamda ushbu maskanda mangu qo‘nim topgan tabarruk zotlarning kelajak avlod uchun dunyoviy va diniy ta’limotda qilgan buyuk ishlari haqida talabalarga muzey va majmua mas’ullari tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Text to speech