Uy hujjatlarini rasmiylashtirishni va'da qilgan firibgar pullarni o'zlashtirib ketdi
Qumqo'rg'on tumanida 2021 yil 28 sentabr kuni Sherobod tumani "G'ambur" mahallasida yashovchi, L.Lobar tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda Jarqo'rg'on tumanida yashovchi kelini, K.Xolidaga Jarqo'rg'on tumani "Ulug'bek" mahallasida yashovchi, B.Botir Qumqo'rg'on tumani "Yangishahar" mahallasi hududidagi "uyining hujjatlarini rasmiylashtirishda yordam beraman!"-deb, 2020 yil sentabr oyidan beri jami 10.200.000 (o'n million ikki yuz ming) so'm pullarni olib, hozirgi kunga qadar uyning hujjatlarini to'g'irlab bermasdan pullarini o'zlashtirib ketganligini ma'lum qilgan. 7 oktabr kuni B.Botirga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati