1 Aprel 2021 yil
636
Uy bekasi qo'shni ayolni pichoqlab qo'ydi
Uzun tumanida 2021 yilning 24 mart kuni, tumanning "Fayzobod" mahallasida yashovchi, uy bekasi, A.S. ismli ayol yashash uyida, mahalladoshi, S.D. ismli ayol bilan oldindan o'zaro kelishmovchilik bo'lib kelayoganligi natijasida janjal kelib chiqqanligi oqibatida o'zaro tortishib qolib, A.S. ismli ayol qo'lidagi oshxona pichog'i bilan S.D. ismli ayolning qorin sohasiga bir marta urib, "hayot uchun havfli bo'lgan og'ir" tan jarohati etkazgan. 25 mart kuni A.S. ismli ayolga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi "l" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati