O‘quvchilar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlar olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati
IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo‘limi Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan Termiz
shahridagi umumta’lim maktablari va Termiz
davlat universiteti Akademik litseyi o‘quvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilarning psixologik bilimlarini yanada oshirish maqsadida
ularga o‘zlariga mos kasb tanlash yuzasidan psixologik tavsiyalar berildi.
Shundan so‘ng o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi
Jamoat xavfsizligi instituti va Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi tergov faoliyati
mutaxassisligi bo‘yicha harbiylashtirilgan ta’lim yo‘nalishi, Ichki ishlar vazirligi
Surxondaryo Akademik litseyi, Ichki ishlar vazirligi Nukus "Temurbeklar maktabi"
harbiy-akademik litseyi va ularda yaratilgan sharoitlar, ularga o‘qishga kirish
tartibi yuzasidan ma’lumotlar berildi. Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar
olishdi.