O‘quv yig‘iniga jalb etilgan xodimlarning xizmat intizomi va ma’naviy-axloqiy bilim darajalari o‘rganildi
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining
2023 yil 30 oktabr kunidagi tegishli farmoyishiga asosan, Surxondaryo viloyati Ichki
ishlar organlarida xizmat olib borayotgan huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari
xodimlarining faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, ularning kasbiy
bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, joriy yilning 4 noyabr kunidan 10 noyabr
kuniga qadar Surxondaryo viloyati IIBning barcha shahar-tuman IIB Jamaoat xavfsizligi
xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarining voyaga yetmaganlar masalalari
bo‘yicha (katta) inspektor psixologlari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha (katta)
inspektorlari ishtirokida o‘quv yig‘ini tashkil etilgan.
Shu munosabat bilan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev tomonidan
joriy yilning 7 noyabr kuni o‘quv yig‘ini ishtirokchilari bilan tungi o‘rganish
ishlari hamda uchrashuvi tashkil etildi.
Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy
xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati hamda viloyat IIB Axborot xizmati bilan
hamkorlikda tayyorlangan viloyat Ichki ishlar organlarida joriy yilning so‘ngi
10 oyi davomida xodimlar o‘rtasida sodir etilgan salbiy holatlar aks ettirilgan
videorolik namoyish etildi.
Uchrashuv davomida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan
o‘quv yig‘iniga jalb etilgan xodimlarga xizmat
intizomi va qonunchilikka qat’iy rioya etishlari, o‘quv yig‘ini davomida o‘z bilim
va amaliy ko‘nikmalarini yanada oshirish yo‘lida o‘quv mashg‘ulotlarini chuqur o‘zlashtirib
borishlari zarurligi uqtirildi.
Shuningdek, o‘quv jarayonlarini o‘rganish davomida
xodimlarning ma’naviy-axloqiy bilim darajalari, saf tayyorgarligi bilan birganlikda
jismoniy-jangovar shayligi ham ko‘zdan kechirildi.