27 Fevral 2023 yil 229

O‘quvchilar sayohatda.

        O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi PQ-10-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda o‘sib kelayotgan o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy va tarixiy bilimlarini oshirish maqsadida, joriy yilning 23 fevral kuni viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tashabbusi bilan Termiz shahridagi 4-sonli umumta’lim maktabining bir guruh o‘quvchilari Termiz shahridagi “Arxeologik muzeyiga” tashrif buyurishib, u yerda mavjud eksponatlarning O‘zbekiston tarixining naqadar qadimiyligi va yuksakligi to‘g‘risida hamda har bir davrga oid ashyolarning betakroriligi haqida tushunchalar berilib, muzey faoliyati bilan tanishtirib o‘tilib, Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasining xizmat faoliyati aks ettirilgan bukletlar tarqatildi.

         Shuningdek, maktab o‘quvchilarini Termiz tumani hududida joylashgan “Sulton Saodat” va “Al-Hakim at-Termiziy” majmualariga olib borilib, u yerda hoki yotgan avliyolarning qilgan ishlari va  tarixi haqida kerakli ma’lumotlar berildi.  

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech