O'quvchi yoshlarga imtiyozga ega tavsiyanoma va taqdimnomalar topshirildi
2020 yilning 16 iyun kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 fevral kunidagi PQ-4212-son "ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a'zolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga muvofiq terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta'minlash chog'ida halok bo'lgan yoki olgan tan jarohati tufayli nogiron bo'lib qolgan xodimlarning farzandlariga hamda ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlarining farzandlariga O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo'mitasining oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalariga imtiyoz asosida o'qishga kirish uchun tavsiyanoma va taqdimnomalarni tantanali topshirish maqsadida ota-onalar hamda o'quvchi yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
O'tkazilgan mazkur uchrashuvda, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i polkovnik Abduvohid Ismoilov ishtirok etib, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020 yil 30 aprel kunidagi tegishli buyrug'i bilan bir qator sobiq hamda harakatdagi xodimlarning farzandlariga tavsiyanoma va taqdimnomalarni tantanali ravishda topshirildi.
Uchrashuv yakunida, boshqarma boshlig'i polkovnik A.Ismoilov o'quvchi yoshlarning kelgusidagi o'qishlariga omadlar tilab, davlatimiz rahbari tomonidan berilgan bunday imkoniyatlardan to'g'ri va oqilona foydalanishlari borasida o'z taklif va tavsiyalarini berib o'tdi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati