22 Dekabr 2022 yil 346

O‘quv- amaliy seminar, ishlar natijadorligi poydevori.

Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati, tuman Adliya bo‘limi, tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, tuman Ichki ishlar bo‘limi, tuman Maktabgacha ta’lim, Bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda

- Ta’lim va tarbiya sohasiga tegishli yangi qonunlar,

-Ta’lim muassasalari tomonidan buyruqlar va shartnomalarni rasmiylashtirish tartibi,

- Ichki ishlar bo‘limi va ta’lim muassasalaridagi hamkorlik,

- Yo‘l harakati qoidalarini ta’lim muassasalarida o‘qitilishi,

- Ta’lim muassasalari tomonidan bandlik bo‘limiga hisobot topshirish tartiblari va muddatlari to‘g‘risida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarni xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S.Abdurayimov tashkilotlarda yuridik xizmat vazifalarning yuritilishi yuzasidan ma’ruza qildi.

O‘tkazilgan seminarda hamkor tashkilotlar mas’ullari shaxsiy tarkib bilan ishlash qoidalari to‘g‘risida tegishli ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishdi.

Text to speech