Huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat olib borayotgan yosh xodimlar o‘rtasida sportning "Shaxmat" turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarida
xizmat olib borayotgan yosh xodimlarning dunyoqarashini kengaytirish ularning aql zakovatini yanada yaxshilash hamda bilim salohiyatlarini
oshirish maqsadida, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati kengashi tomonidan
huquqni muxofaza qiluvchi organlar yosh xodimlari o‘rtasida joriy yilning 17 oktabr
kuni Termiz shahrida joylashgan "Barkamol avlod" o‘quv markazida sportning "Shaxmat" turi bo‘yicha o‘tkazilgan
musobaqada barcha kuch tuzilma vakillaridan harbiy xizmatchi va xodimlar ishtirok
etishdi. Murosasiz kechgan baxslarda Mudofa
vazirligiga qarashli Termiz garnizonidagi xarbiy qism xarbiy xizmatchisi Nurimboev
Davlatbek Alisher o‘g‘li 3-o‘rinni, Surxondaryo viloyati Boysun tumani IIB JXX HPB
inspektor psixologi leytenant Tursunov Yusuf
Abdurasul o‘g‘li 2-o‘rinni, Surxondaryo viloyati Bojxona boshqarmasi xodimi kapitan
Axmedov Oybek Baxodirovich faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Musobaqa ishtirokchilari
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati kengashi tomonidan diplom hamda
esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar