25 May 2023 yil
488
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”da qidiruvdagi shaxs Toshkent shahrida qo‘lga olindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son Qaroriga asosan haftaning har payshanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” etib belgilangan.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbir davomida, Uzun tumanida yashovchi muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3 -qismi “a,v” bandlari bilan sudlanib, hozirgi kunda qidiruvda bo‘lgan F.T Toshkent shahar Yangi yo‘l tumanida yashirinib yurganligi aniqlanib, Uzun tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika inspektori katta leytenant B.Qurbonaliev, Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi boshlig‘i boshlig‘i mayor O‘.Yuldoshevlar tomonidan ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati