21 Yanvar 2023 yil 384

Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Tibbiy xizmatlar o‘ganilmoqda

Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i mayor A.Xudoyberdiev tomonidan shahar va tumanlarda Tibbiy xizmat sifatini o‘rganish maqsadida, Qumqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasida bemorlarga ko‘rsatilayotgan shart-sharoitlar, isitish tizimi, shifoxonaga berilayotgan dorilar sifatini o‘rganib, aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish bo‘yicha, mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, eng avvalo inson qadriga alohida e’tibor berish kerakligi takidlab o‘tildi. Shifoxonada davolanayotgan bemorlar bilan uchrashib ularni muammolari o‘rganildi va aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora- tadbirlar belgilab olindi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech