2 Oktyabr 2025 yil 47

Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan IIB faxriylari holidan habar olindi

  Mamlakatimizda har yili 1-oktabr — ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan soha fidoyilari, o‘qituvchilar va murabbiylarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish an’anasi mavjud. Ushbu sanada albatta ichki ishlar organlari faxriylari ham e’tibordan chetda qolmaydi.

 Kuni kecha, Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i polkovnik Jo‘rabek Avazov hamda boshqa sohaviy xizmat rahbarlari tomonidan ichki ishlar organlari tizimida samarali mehnat qilgan, bugungi kunda nafaqaga chiqqan nuroniylarimiz holidan xabar olindi. Ularning umr yo‘li va xizmatdagi vatanga sadoqat, jasorat bilan bajargan vazifalari e’tirof etildi. Ular bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ustozlik va murabbiylik ruhida o‘z hayot tajribalari, yosh avlodga etkazilishi lozim bo‘lgan muhim qadriyatlar haqida fikr almashildi. Ularga bayram sovg‘alari ulashildi.

Text to speech