13 Iyul 2021 yil 496

Ustasi farang firibgarga jinoiy ish qo'zg'atildi

Jarqo'rg'on tumanida 2021 yilning 26 may kuni, tumanning "Oltintepa" mahallasida yashovchi, E.Eshmurod tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu tumanda yashovchi, J.Zokir to'yxona va uning yonida bo'lgan do'konni 3 150 000 000 (uch milliard bir yuz ellik million) so'mga kelishib, shundan 512 000 000 (besh yuz o'n ikki million) so'mini firibgarlik yo'li bilan bankda bo'lgan kreditlari uchun to'lov qildirib, to'yxonani bankdagi taqiqdan chiqarib, to'yxonani o'zining nomidan boshqa birovni nomiga o'tkazib yuborganligini bildirgan. 2 iyul kuni J.Zokirga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech